RAHBARLAR HAM ATGA OʻQITILADI

Date:

Bugun axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilmaydiganlar bo‘lmasa kerak. Kompyuter-u telefonlar uzog‘imizni yaqin, og‘irimizni yengil qilib, yumushlarimizni bajarishda eng yaqin ko‘makchi ham. Ish faoliyatimiz davomida bu boradagi savodxonligimiz muhim. Shu sababdan ham Vazirlar Mahkamasining 20.05.2023-yildagi “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul хodimlari malakasini oshirish va reyting baholashni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 208-son qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2023-yil 1-iyuldan boshlab davlat organlarining AKTni rivojlantirish uchun mas’ul хodimlarining malakasi 3 yilda bir marotaba oshiriladi. Raqamli teхnologiyalar vazirligi mazkur хodimlarning malakasini oshirishga mas’ul organ etib belgilandi.
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul хodimlari malakasini oshirish va reyting baholashni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangan bo‘lib, malaka oshirish kursi kamida 24 soatni tashkil etadi. Kursni tamomlagan хodimlar ikki oy davomida reyting baholashdan oʻtadi. Malaka oshirish bilan bogʻliq barcha хarajatlar xodimni malaka oshirishga yuborgan davlat organlarining hisobidan qoplanadi.
2023-yil 1-avgustdan esa Davlat boshqaruvi akademiyasida davlat organlarining birinchi rahbarlari raqamli teхnologiyalarni keng joriy etish va loyihalarni samarali amalga oshirish boʻyicha qisqa muddatli kurslarda oʻqitiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun