Qanday me’zonlar asosida?..

Date:

Xotin-qizlarning oliy ta’limga imtiyozli ravishda o‘qishga kirishlari uchun beriladigan tavsiyanoma bugun yangilik emas. Ayni shu tavsiyanoma bilan o‘qishga kirib, jamiyat hayotida o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgan xotin-qizlar talaygina. Ammo, shunga qaramay, ba’zilarda savol ustiga savol tug‘iladi: oliy ta’limga imtiyozli kirish uchun tavsiyanoma qanday toifadagi xotn-qizlarga beriladi?
Ushbu savolga javoban aytish mumkinki, kam ta’minlangan, to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlarlarga, turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga, nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga, shuningdek, ikki yoki undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga qo‘shimcha 4 foizlik davlat granti asosida OTMlarga qabul qilish bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladi. Ushbu toifalarga to‘g‘ri keladigan xotin-qizlar tavsiyanoma olish bo‘yicha o‘zlari yashaydigan mahalla fuqarolari yig‘inlariga murojaat qilishlari mumkin.
Ha aytgancha, tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi va o‘qishga kiradi degani ham emas. Tavsiyanoma tanlangan beshta yo‘nalishdan faqat birinchi yo‘nalish bo‘yicha hisoblanadi.

H.Baxtiyorova tayyorladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kitob menga har safar yangi kuch beradi”

Men “Yosh kitobxon” tanlovida bir necha bor ishtirok etganman....

Ezgulik karvoni yetkazildi

Insonparvarlik — bu millatning eng yuksak ma’naviy mezoni, og‘ir...

INSONIYLIK VA SHUKRONALIK BAYRAMI

Qurbon hayiti asrlar davomida shakllangan diniy va milliy qadriyatlarni...

USTOZ — MA’NAVIYAT CHIROG‘I

Jamiyat taraqqiyoti, xalqning ertangi kuni va millatning ma’naviy kamoloti,...
KunTun
KunTun