Chillaki uzum chilladan avval pishdi

Date:

Yurtimizning janubiy o‘lkasi ahlini Yaratgan eng sarxil ne’matlar bilan siylagan. Aks holda meva va sabzavotlar eng avval Surxondaryoda pishib yetilib, voha ahli bahramand bo‘lishiga nima deysiz? Fikrimizga isbot sifatida gilos, o‘rik, qovun-tarvuz pishganidan xabar bergan bo‘lsak, bu safar Termiz tumanining “Xalqobod” mahallasidagi xonadonlarning birida uzumning ertapishar, chillaki navi pishib yetilganini aytmoqchimiz.
Aytish kerakki, odatda tumanda uzumning bu navi yozning iyun oyi boshlarida pishardi. Bu yil esa ob-havoning o‘ziga xos kelganligimi yoki qarov sababdanmi, uzumlarga rang va maza ertaroq kirdi. Bog‘bonlar belni mahkam bog‘lab, pishgan uzum boshlarini uzib terib olib, xalqimiz dasturxoniga tortiq qilish harakatidalar.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun