Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha kvota…

Date:

Qay sohaga, umuman jamiyat hayotimizning qay jabhasiga boqmaylik, gender tenglik uchun olib borilayotgan harakatlarning guvohi bo‘lish mumkin. Albatta, gender tenglik keng tushuncha. Xususan, sud-huquq tizimida ham bu borada ildamlikka erishish maqsadida O‘zbekistonda sudyalar orasida xotin-qizlar ulushini 2025-yilda 20 foizga, 2030-yilda 30 foizga yetkazish nazarda tutilgan.
Shuni ham e’tirof etish kerakki, ayni paytda yurtimizda sudyalar orasidagi xotin-qizlarning ulushi 14 foiz (bu ko‘rsatkich Qozog‘istonda 51%, Rossiyada 66%, Sloveniyada 70%, Portugaliyada 75%) ga yetgan. Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kursiga 2023/2024-o‘quv yili uchun fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy huquq ixtisosliklari bo‘yicha qabul e’lon qilinadi. Tahsillar davlat granti asosida amalga oshirilib, tinglovchilar oylik stipendiya bilan ta’minlanadi.
O‘quv jarayonlari Sudyalar oliy maktabi binosida olib boriladi, ayol tinglovchilarga o‘zlari istiqomat qiluvchi hududdagi sudlarda amaliyot o‘tash imkoniyati taqdim etiladi (amaliyot o‘tash jami o‘qish davrining qariyb yarmini tashkil qiladi).
Hujjatlar 2023-yilning 5-iyuniga qadar qabul qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun