Tajribasini o‘rtoqlashib…

Date:

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirib, daromad ko‘radigan oila va fuqarolar bugungi kunning qahramonlari sifatida e’tirof etilayotir. To‘g‘ri-da, o‘zidagi imkondan unumli foydalanib, o‘z yo‘lini topayotganlar, mehnati ortidan rizqi butun bo‘layotganlarni har qancha e’tirof etsa arziydi.
Ana shunday mehnatkashlardan biri Boysun tumanidagi “Gaza” mahallasida yashovchi Jasurbek Suvonovdir. U o‘z tomorqasida 2 sotixlik issiqxona qurdi-da, yilning issiq mavsumida ekadigan ekinlarini qishda ham yetishtirishni o‘yladi. Issiqxona bitgach, bodring ekib, mahalliy aholini erta bahordan bodring bilan siyladi. Jasurbek Suvonov tomorqasidagi bir qarich yerni ham bo‘sh qo‘ymaydi, issiqxonadan tashqaridagi ochiq yer maydonida esa kartoshka yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan.
Haqiqatan ham ushbu fuqaroning ishi, tirishqoqligi tahsinga sazovor, ibrat va namuna qilib ko‘rsatgulik. Jasurbek mahalladoshlariga ham o‘z tajribalarini o‘rtoqlashib, ekin-tikin qilishning o‘zigagina ayon jihatlarini ham o‘rgatib kelmoqda.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun