Kimlar daromad solig‘idan ozod qilinadi?

Date:

Aholini kambag‘allikdan chiqarish, turmush sharoitini yaxshilash, doimiy daromad manbaiga ega qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Amalga oshirilgan ishlar, sa’y-harakatlar natijasida esa ana shunday oilalarga manzilli yordam berilib, munosib qo‘llab-quvvatlanayotir.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlashda yangi bosqichga o‘tish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ham ayni masalaga jiddiy to‘xtalib o‘tildi. Shu maqsadda 1-iyundan boshlab “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi. Dasturga 2023-2024-yillarda jami 1 milliard dollar ajratiladi. Bu mablag‘lar hisobidan esa kambag‘al oilalar aʼzosini kasbga o‘qitib, ishli qilish bo‘yicha loyiha ahamiyatiga qarab, amaldagidan past foizlarda va uzoqroq muddatga kredit beriladi.
Qolaversa, tadbirkor uchun “amaliy monomarkaz” tashkil qilish va jihozlash hamda kasbga o‘qitish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi. Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlarga soliqlardan alohida imtiyozlar berilishi esa yana bir qulaylik. Ya’ni, kamida 20 foiz kambag‘al oila aʼzosini bir yil davomida ish bilan taʼminlagan tadbirkor, mol-mulk va yer soliqlaridan, kambag‘al oila aʼzosining o‘zi ham daromad solig‘idan ozod qilinadi.
5 million so‘mgacha ish haqi to‘layotgan tadbirkorlarga ijtimoiy soliq stavkasi 2 baravarga kamaytiriladi. Ular faoliyatida soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi. Ayniqsa, ularga qo‘shilgan qiymat solig‘i, shuningdek, ortiqcha to‘langan soliqlar tekshiruvsiz qaytarib beriladi. Barcha soliqlardan qarzdorlikni bir yilgacha kechiktirib to‘lash imkoni beriladi.
Hali bu hammasi emas, bojxona to‘lovlarini sug‘urta kafolatisiz olti oyga bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berilishi ham tadbirkorlarning ish faoliyatiga foyda bo‘lsa bo‘ladiki, aslo zarar emas.

Manbalar asosida H.Kamolova tayyorladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun