…davlat siyosati darajasida qo‘llab-quvvatlanadi

Date:

So‘nggi bir necha yil ichida xususiy universitetlarning faoliyati yo‘lga qo‘yildiki, bu oliy ma’lumot olishga ishtiyoqi baland yoshlarni qiziqtirmay qolmadi. Ammo, ko‘pchilikda o‘qishga kirishga ikkilanish ham paydo qilgani haqiqat. Ya’ni, “o‘qishga kirsam-u tamomlagach, ishga olisharmikan?” “O‘qishni tamomlamay, universitet yopilib qolsachi?” “Ta’lim tizimi qanday olib borilar ekan, yetarlicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘la olamanmi?”
Xolbuki, xususiy universitetlarda tahsil olayotgan va o‘qishga kirishga ikkilanib turgan, yuqoridagi savollar qiynayotgan yoshlarni tinchlantirish maqsadida aytish kerakki, kuchga kirgan Yangi Konstitutsiyamizda davlat universitetlari bilan xususiy universitetlarining huquq va maqomlari tenglashtirib ko‘rsatilgan.
Qolaversa, nodavlat oliygoh talabalariga davlat tomonidan moddiy yordam koʻrsatiladi. Nodavlat oliygoh talabalari uchun ham stipendiyalar moliyalashtirish tartibi tasdiqlangan.
Talabalar to‘lagan kontrakt pulidan 12 foiz qaytarib olish huquqiga ega va 2-kursdan boshlab ishlashiga ruxsat berilishi rejalashtirilmoqda.
Ayniqsa, ayrim davlat oliygohlarini xususiylashtirish rejalashtirilayotgani ikkilanishda yurgan yoshlar uchun munosib taskin bo‘lib xizmat qilsa, ajab emas.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun