44 YILDA ASFALT YOTQIZILDI

Date:

Kimga yolg‘on bo‘lsa borki, ammo Sho‘rchi tumani “To‘la” mahallasining Tadbirkorlar ko‘chasiga 44 yil deganda asfalt yotqizilmoqda. 66 xo‘jalik yashaydigan ushbu ko‘chadagilar har bir hududdagi katta-katta bunyodkorlik ishlari haqida eshitishardi-yu, birgina istaklari o‘zlarining ko‘chalari qachon ravon va tekis bo‘lishi edi. Bungacha esa bu ko‘cha holatini bir tasavvur qiling-a… yozda chang, qishda esa loy… bu yo‘ldan o‘tish-qaytish esa mahalliy aholi uchun katta bir yumushga aylanardi.
Buni qarangki, to‘laliklarning ham azaliy orzulari ushaladigan bo‘ldi. Mahalladagi Tadbirkorlar ko‘chasi ham asfalt bilan qoplanmoqda. Yo‘llar tekis va ravon, bir so‘z bilan aytganda ajib qiyofa kasb etayotir. Mahalla ahli esa shod… amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rib, kuzatib, mas’ullarga, ishchi-xodimlarga o‘z minnatdorchiligini bildirishdan to‘xtashmayapti.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun