Hamshiralar tanlovda tanlandimi?

Date:

Dunyoda 28 millionga yaqin hamshira bor va davlatlar uchun kamida 5,9 million hamshira yetishmayapti. Hisobotlarga koʻra, hamshiralar sogʻliqni saqlash sohasidagi eng yirik professional guruh boʻlib, tibbiyot xodimlari umumiy sonining qariyb 59 foizini tashkil qiladi.


Pandemiya – tibbiyot xodimlari qanchalik muhim kasb egalari ekanliklari hamda ularning jamiyatdagi ahamiyatlari nechogʻlik muhim ekanligini koʻrsatib qoʻydi. Darhaqiqat, hamshiralar timsolida xalq salomatligi yoʻlida oʻz huzur-halovatidan kechib, kunni tunga ulab, fidokorona mehnat qilayotgan bilimli, mohir, chaqqon, epchil, zukko sharafli kasb egalarini koʻramiz. Shundanmi, har yili 12-may — “Xalqaro hamshiralar kuni”ni keng miqyosda nishonlash an’anaga aylangan. Jumladan, vohamizda ham ushbu kasb egalari qadr-qimmati har qachongidan ham yuqori.


“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan viloyat Ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasida “Xalqaro hamshiralar kuni”ga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tanlovning viloyat bosqichida 9 nafar hamshira ishtirok etib, beshta shart asoida oʻzlarining bilimi, tajribasi, ijodkorlik qobiliyatini ishga solib musobaqani qizgʻin oʻtkazishdi. Har bir ishtirokchining mahorati hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Koʻrik-tanlovda hamshiralarning badiiy chiqishlari, shartlarda mahorat bilan ishtirok etishlari, shuningdek, badiiy-sahnaviy chiqishlari ishtirokchilarga koʻtarinki ruh bagʻishladi.


Tadbir davomida soʻz olganlar mamlakatimizda tibbiyot sohasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar, hamshiralarning bilim, koʻnikma va malakalarini rivojlantirish boʻyicha yaratilayotgan imkoniyatlar toʻgʻrisida toʻxtalib, inson salomatligini saqlash va mustahkamlash yoʻlida hamshiralarning oʻrni beqiyos ekanligi ta’kidlashdi.
Yakunda ishtirokchilar va gʻoliblarga mas’ullarning esdalik sovgʻalari hamda tashakkurnomalari topshirildi.

Adolat MOʻMINOVA,
Naimullo MUHIBULLOYEV
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun