… endilikda tashabbusli byudjetlashtiriladi

Date:

Yaqindagacha “Tashabbusli byudjet” doirasida ovoz yig‘ish jarayonlari qizg‘in tus olgan edi. O‘zi faoliyat yuritadigan tashkilot va o‘quv muassasasini ta’mirlash yoki jihozlash, xullas yetarli shart-sharoitni yaratish istagida bo‘lgan jonkuyar xalqimiz vakillari kerak bo‘lsa, ko‘chama-ko‘cha yurib, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordilar, ovoz to‘plab, g‘oliblik sari intildilar. Bunga javoban esa maqsadlariga erishgan bo‘lsalar, ajab emas.


Ushbu loyihaning yanada kengroq miqyosda ish olib borilishi esa har bir sohani moliyalashtirishga, munosib shart-sharit yaratishga xizmat qiladi. Ya’ni “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari endilikda tashabbusli byudjetlashtirilishi ham yaxshi yangilik deyish mumkin. Bu borada “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar yuzasidan Sariosiyo tuman hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan seminar batafsil ma’lumot berildi.
Seminarda 2023-yildan boshlab “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” portalida ovoz berish yoʻli bilan aniqlanishi, bunda har bir mahallada 8 milliard soʻmdan oshmagan loyihalar paketi shakllantiriladi. Ovoz berish va gʻolib boʻlish jarayonlari, har yil yakunlari boʻyicha jamoatchilik fikri asosida loyihalarni shakllantirish bilan bogʻliq jarayonlarda faol ishtirok etgan fuqarolar ragʻbatlantiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun