Foydalanishga topshirildi

Date:

Mahalla jamiyatning bir bo‘g‘ini. Ayni shuning uchun ham oilalar bilan ishlash, o‘zaro nizo, kelishmovchilik va muammoni bartaraf etish uchun mahalla faollarining, oqsoqollarining fidoyiligi, sa’y-harakatlari va xushyorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Endi bir o‘ylab ko‘raylik, mana shunday vaziyatlarda ularning ishlashi uchun munosib shart-sharoiti bo‘lmasa, na ishga mas’uliyati, na faoliyatida oldinga siljish bo‘ladi. Aholining ham o‘ziga yetarli imkon yarata olmayotgan mas’ullarga ishonchi bo‘larmidi…


Yurtimizda har bir tizim va sohaga e’tibor qaratilmoqdaki, bundan mahalla instituti ham chetda qolgani yo‘q. Mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlariga yanada qulayliklar yaratish maqsadida Angor tumanida Qorasuv va Gulzor mahallalari binosi foydalanishga topshirilishi ana shu e’tiborning yuksak namoyishi bo‘ldi deyish mumkin. Ayniqsa, bu yangilik mahalla aholisiga “Xotira va qadrlash kuni” bayramiga munosib sovg‘a bo‘ldi.
Mahalla ahlining quvonchiga sherik bo‘lgan tuman hokimi Qosim Mardonov ham mahalla binosining tantanali ochilish marosimida ishtirok etib, barchani samimiy qutladi. Mahallaning pir-u badavlat nuroniylari yaratilgan imkoniyatdan shodlanib, qo‘llarini duoga ochdilar, faollarining ishiga rivoj va omad tilab, oilalar, yurtimiz totuvligini so‘radilar.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun