Energiya tejamkor turar joylar foydalanishga topshirildi

Date:

Boysun tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilgan turar joylarning qurib foydalanishga topshirilgani, xonadonlardagi shart-sharoitlar va qulayliklar ovozasi butun tumanda duv-duv gap bo‘ldi. Ayniqsa, ushbu turar joylarning energiya tejamkor vositalar, quyosh panellari va quyosh suv isitgichlari bilan ta’minlangani uylarga qiziquvchilar va xaridorlarni oshirdi. Ha aytgancha, massivning birinchi bosqichida 10 ta 5 qavatli 200 xonadondan iborat turar joylar foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, keyingi bosqich qurilish ishlari ham jadal sur’atlarda davom etayotir.


Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda nuroniylar ishtirok etgan marosimda boquvchisini yo‘qotgan, uy-joyga muhtoj, “Ijtimoiy himoya” yagona reestriga kiritilgan 18 ta oilaga uy-joylarning boshlang‘ich to‘lovlari to‘langan holda kalitlari, shuningdek, 4 ta ijtimoiy uy-joylar topshirildi.
Yangi xonadon kalitlarini qabul qilib olgan uy egalarining yuz-ko‘zida tabassum, qalblarida esa quvonch va hayajon. Endi ular keng, yorug‘, asosiysi barcha shart-sharoiti muhayyo bo‘lgan uy-joylarda istiqomat qilishadi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun