Sho‘xliklarini eslab, ustozlarini yod etishdi

Date:

25-may maktabni tamomlaganlar uchun ham, tamomlash arafasida turganlar uchun-da, hayajonli onlarni ko‘ngilga solishi bilan o‘ziga xos sana. 1957-yilning 25-mayida ham Sh’rchi tumanidagi 1-umumtaʼlim maktabinining 120 nafar o‘quvchisi maktabni tamomlab, katta hayot ostonasiga qadam qo‘ygan edilar. Ular uchun chalingan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadosi esa hozirgidek har birlarining yodida, xotiralarida… Inson jamiyatda o‘rnini topishi, farzandlari va nabiralari uchun ibrat bo‘lishi uchun astoydil mehnat qiladi. Bu insonlar esa bugun turli sohalarda mehnat qilishib, o‘z yo‘lini topib ketishgan.
Albatta, maktab davrlarini eslash, ustozlarning tanbehi-yu rag‘batlarini eshitish maroqli. Sinfdoshlar bilan goh urushib, goh talashib, gohida esa oralaridan qil ham o‘tmagan davrlarni, qiziqarli voqealarni yod etish sobiq sinfdoshlarni o‘sha kunlarga qaytargandek bo‘ladi. Ana shunday xotiralarning borligi ham yaxshi. 67 yil avval maktabni tamomlagan bitiruvchilar jonajon maktablarida jam bo‘lib, sinfxonalari partalarida o‘tirishar ekan, yoshlikning sho‘xliklarini eslashdi. Ustozlarini yod etishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun