Bosh sovrinni qo‘lga kiritdi…

Date:

Sirdaryo viloyatida 6-8-may kunlari III xalqaro baxshichilik sanʼati festivali bo‘lib o‘tganidan xabarimiz bor. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan festival nafaqat xalqimizning har bir vakiliga, balki tashrif buyurgan xorijlik mehmonlarni, san’atkorlarining ham qalbiga bir olam quvonch ulashdi. Festival o‘zbek xalq og‘zaki ijodini, dostonchilik san’atini yana bir bor namoyon eta oldi.
Har bir hududdan tashrif buyurgan baxshi va oqinlar do‘mbiralarining soziga hamohang tarzda kuyladilar. Ajib aytishuvda o‘z iste’dod va mahoratlarini namoyon etdilar. Aytish kerakki, ushbu baxshichilik ko‘rik-tanlovi har bir hududning dostonchilik, baxshichilik san’atini ko‘z-ko‘z qilishda, san’at va iqtidor qirralarini kashf etishda katta bir minbar vazifasini o‘tadi. Milliy qadriyatlarimiz, san’atimiz yangicha, zamonaviy ko‘rinishda namoyon etgandek bo‘ldi.
Ayniqsa, ko‘rik-tanlov natijalarini intiqlik bilan kutayotganlar uchun natijalar kutilmagan taassurotlarga boy bo‘ldi. 1-, 2- va 3-o‘rinni qayd etganlar orasida surxondaryolik baxshilarning yo‘qligi xafsalamizni pir qilmay turib, ko‘rik-tanlovda bosh sovrin – Gran-prini vohadoshimiz Ilhom Norov qo‘lga kiritgani har bir vohadoshimizni quvontirgani rost. G‘olib esa 7 ming dollar pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Ilhom Norov yosh, ammo baxshichilikda katta izlanishlar olib borib, mehnatini ayamagan baxshilardan. O‘zbekiston sanʼat va madaniyat institutini tamomlagan yosh baxshi 2006-yilda “Nihol” mukofoti bilan ham taqdirlangan.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun