Baxshilarimiz Sirdaryoda…

Date:

Baxshining xonishini tinglab ulg‘aygan voha vakillari uchun do‘mbiraning ovozi, ohangga hamohang misralar qandaydir qadrli, dilga yaqin va yoqimli tuyiladi. Har bir hududning o‘z dostonchilik baxshichilik maktabi bor. Ammo, surxoncha aytimlarga teng kelmasligini surxondaryoliklar yaxshi bilishadi. Bir necha yil avval xalqaro Baxshichilik festivali Surxondaryo viloyatidan boshlangan bo‘lsa, bu galgisi Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida bo‘lib o‘tayotir.
Ha, Guliston shahri ham festivalga o‘ziga xos tarzda tayyorlanib, nafaqat respublikamizning turli hududlaridan, balki dunyo ahlini chorlab, mezbonlik xizmatida. Festivalda 40 dan ortiq xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan baxshichilik sanʼatiga doir 30 nafardan ziyod musiqa ijrochilari tashrif buyurgan.
Har bir viloyatning o‘ziga xos ko‘rinishi gavdalantirilgan bir paytda Surxondaryo viloyati uchun ajratilgan nuqtada vohamizning folklor jamoalari vakillari, qo‘li gul hunarmandlar va mohir oshpazlari o‘zlarining mahorat va san’atlarini ko‘rsatishayotir.


Kichik bir pavilyonda Surxondaryo viloyatining o‘ziga xos madaniy hayoti aks etgan. Qolaversa, milliy urf-odat va anʼanalarimizni aks ettiruvchi ko‘rgazmalar, madaniy meros obyektlari maketi tomosha qilganlarni Surxondaryoga olib kelgandek taassurot uyg‘otadi. Ayniqsa, azaliy pazandalik hamda mehmonnavozlik namunalari, baxshilar, folklor jamoalarning kuy-qo‘shiq va sho‘x raqslari barchani o‘ziga qaratib, maftun etayotgani rost.
8-may kuni yakunlanadigan festivalda esa baxshilarimizdan yuqori natijalarni kutib qolamiz.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun