Voleybolchi qizlar bellashdi

Date:

Musobaqa va chempionatlar yosh sportchilarning mahoratlarini namoyon etishlari uchun katta maydon vazifasini o‘taydi. Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida sportning voleybol turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan respublika ochiq turniri ham ayni maqsadga xizmat qildi. Unda 2010-yil va undan kichik yoshda tug‘ilgan qizlar ishtirok etib, bellashdilar.
Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan voleybolchi qizlar jamoalari bor kuch va mahoratlarini ishga soldilar. O‘yin murosasiz bellashuvlarga boy bo‘ldi. Tan olish kerakki, har bir jamoa kuchli va uddaburon edi. Uzatilgan to‘pni tezda ilib olib, raqib jamoaga uloqtirishar, jarayon qiziqarli tus olar edi. Yakuniy natjalarga ko‘ra 7 jamoaning eng kuchlisi sifatida Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi 49-maktabning yosh voleybolchi qizlar jamoasi e’tirof etildi. Ular faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun