“Alpomish” ot sporti klubi foydalanishga topshirildi

Date:

Ot xalqimizda qadimdan qadrlanadi, asosiy ulov sifatida qaralganini ham yaxshi bilamiz. Ayniqsa, Alpomish dostonidagi Boychibor yanglig‘ er yigitning do‘sti, chin yo‘ldoshi sanalgan otga mehrimiz bo‘lakcha. Hozir ot minishmaydi deydiganlar adashishadi. Ot tog‘li hududlardagi mahalliy aholi uchun hali ham “brend”da. Ana shunday hududlarda o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan harbiy xizmatchilar uchun ham otning o‘rni katta. Xizmat topshirig‘ini bajarish deysizmi, shaxsiy tarkib, oʻq dori va qurol-aslahalarni belgilangan nuqtaga oʻz vaqtida yetkazishmi, xullas tog‘-u toshda bu jonivor mushkulni oson, olisni yaqin qiladi.


Denov tumanida joylashgan Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qismga qarashli “Alpomish” ot sporti klubining faoliyati yoʻlga qoʻyilgani ham bejizga emas. Umumiy maydoni qariyb 2 gektarni tashkil etadigan majmuada 20 bosh tulporni parvarishlash mumkin. Ushbu maskan barcha qulayliklar ega, qolaversa, endilikda Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi otliq boʻlinmalarda xizmat oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning bilim va koʻnikmalarini oshirishga, yoshlarining sohaga doir qiziqishlarini roʻyobga chiqarishga ham xizmat qiladi.


Bu yerda otlarni saqlash, tibbiy xizmat koʻrsatish, yuvintirish, taqalash, izolyatsiya qilish mumkin. Tulporlarni qishki va yozgi mavsumda ham sogʻlom parvarishlash uchun xonalar mavjud va qulayliklarga ega.
“Alpomish” ot sporti klubi tantanali tarzda foydalanishga topshirildi va mehmonlar hamda harbiy xizmatchilar yangi majmuaning shart-sharoiti va imkoniyatlari bilan tanishdilar. Tumanlardan kelgan mingga yaqin yoshlar ishtirokidagi tadbir haqiqiy bayram sayliga aylandi. Bayram davomida milliy kurash, tosh koʻtarish, arqon tortish bellashuvlari o‘tkazilib, harbiy xizmatchilar va yoshlar o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazdilar. Shundan so‘ng, mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan sport texnikalarida koʻrgazmali chiqishlar namoyish etildi.


Ayniqsa, ot ustida kurash, estafeta, polo, koʻpkari singari bir-biridan murakkab chavandozlik oʻyinlarida ot ustida yeldek uchib borayotgan, shiddat bilan zot ayirayotgan oʻgʻlonlar bobolarga munosib voris ekanliklarini isbotladilar. Yakunda gʻoliblar aniqlanib, tashkilotchilarning qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Migrantlar mahalladoshiga skuter sovg‘a qilishdi…

Azal-azaldan yurtimizda mahalla-ko‘y orasida qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘ orasida mehr-oqibat, sahiylik,...

“Bobotog‘ yoshlari festivali” o‘tkazildi

Yoshlarning har daqiqasi foydali va munosib o‘tishi kerak. Oltinga...

Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylandi

Kambag‘allik ishsizlik, bekorchilikdan, birinchi qadamni tashlashga cho‘chishdan kelib chiqadi....

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlasak…

Bugun negadir ajrimlar, oilaviy nizolar haqida bot-bot to‘xtalamiz. Muammoning...
KunTun
KunTun