MAKTABLARNING MODDIY-TEXNIK BAZASI YAXSHILANMOQDA

Date:

Maktab ta’limi o‘g‘il-qizlar hayotida muhim o‘rin tutadi. Farzandlarimizning kelajak taqdirlarida hal qiluvchi qadamni tashlashlari uchun bu bosqich boshlang‘ich bilim va ko‘nikmalarini egallashda, tasavvur hosil qilishda, qiziqish va iste’dodlarini kashf etishda, albatta, zarurat. Shuning uchun ham o‘rta ta’lim qonunimizda ko‘rsatilgandek majburiy va bepuldir. Yoshlarning maktabda munosib ta’lim-tarbiya olishlari uchun nafaqat munosib shart-sharoit yaratilayotir, balki malakali mutaxassislarni jalb etish, puxta bilim olishlari uchun barcha imkoniyatlar ishga solinayotir.


O‘quvchilarning zamonaviy bilimlarni egallashlari yo‘lida e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Maktablarning moddiy-texnik bazasi yaxshilanib, isitish va sovutish tizimlari ham ta’mirlanyapti. Mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan Sariosiyo tumanidagi umumtaʼlim maktablariga 21 dona zamonaviy kompyuter jamlanmalari hamda 45 ta konditsioner texnikalari topshirilgani fikrimizning tasdig‘i bo‘la oladi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun