Namunali faoliyat rag‘batga munosib

Date:

Ish quroling soz bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘lur deyishganidek, mahallalarda faoliyat yuritguvchi yoshlar yetakchilaridan tezkorlik, faollik, tashabbus ko‘rsatishlari talab etiladi. Shunday bo‘lganida ham kerakli yordamni berishlari uchun munosib shart-sharoitda ish olib borishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ushbu lavozimning joriy etilishi bilan mahalla idorasidan xona ajratilib, zaruriy texnikalar bilan jihozlangan edi. Bir yildan oshiq vaqt mobaynida kuzatmoqdamizki, yoshlar yetakchilari o‘z xizmat vazifasini bajarayotgani, tashabbus ko‘rsatayotgani uchun ham huquqbuzarliklar haqida emas, bunyodkorlik, yaratuvchanlik, jamiyatda, mahallada ishbilarmonlik muhiti shakllangani borasida bot-bot to‘xtalayotirmiz.


Ha, bunda Surxondaryoda yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi joriy etilganini sabab qilib ko‘rsatish mumkin. Ayniqsa, yoshlar bandligini taʼminlash, ularni qoʻllab-quvvatlash, “Yoshlar daftari” platformasiga kiritilgan yoshlar bilan manzilli ishlash tizimining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani yaxshi natija berayotir. Bugun yoshlar o‘z holiga tashlab qo‘yilgani yo‘q, ularning ko‘ngliga qo‘l solinib, muammo va takliflari tinglanayotir.
Qiziriq tumanida o‘z mahallasi hududida yoshlar bilan manzilli ishlashda namunali faoliyat yuritayotgan va oʻrnak koʻrsatayotgan yoshlar yetakchilari Surxondaryo viloyat hokimi tomonidan kompyuter jamlanmalari bilan rag‘batlantirildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun