XOTIN-QIZLAR BANDLIGI TA’MINLANMOQDA

Date:

Ishsizlikni bartaraf etish barcha muammolarga barham beradi. Bunda erkakmi, ayolmi, ularning bandligi davlat siyosati darajasidagi masalaga aylangan. Ayniqsa, xotin-qizlarning uyda o‘tirib qolishlari o‘rniga, ro‘zg‘orga qarashish, ishga joylashish, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun Muzrabot tumanida ham e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda.
Afsuski, ishli bo‘lish uchun hammaning ham kasb-u kori, hunari yo‘q. Ammo shunga qaramay, bu jihatlar ham inobatga olinganki, natijada ayollar jamiyatda o‘z o‘rnilariga ega bo‘lish uchun harakat qilyapti, izlanyapti. Muzrabot tuman hokimi tashabbusi bilan tuman markazidagi 1-umumta’lim maktabining qo‘shimcha binosida “Mashhura ” o‘quv markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi va ishsiz xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitilmoqda. Albatta, ularning xohish-istaklari, qiziqish va layoqatlari inobatga olingan holda.
Ayni paytda ushbu o‘quv markazida soha sirlarini o‘raganayotgan 150 nafardan ortiq xotin-qiz tuman hokimi topshirig‘iga asosan bepul o‘qitilayotir. Barcha shart-sharoit va qulayliklar yaratilgan o‘quv markazi xonalarida ishtiyoq va xafsala bilan o‘qib o‘rganish kifoya. O‘quvchilar shunday qilishyapti ham. Tikish-bichish sirlarini o‘rganib, qo‘llari ham ancha kelishib qolgani quvonarli hol. Jarayon bilan tanishish maqsadida tuman hokimi Abdurashid Ismailov hamda bir guruh mas’ullar o‘quv markazida bo‘lishdi. O‘rganuvchilar bilan suhbatda bo‘lib, xotin-qizlar qamrovi darajasini yanada kengaytirish va ular tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarga chiqarish to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Strategiya ijrosi jamoatchilik nazoratida

“Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyat hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan “O‘zbekiston...

Imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi

Surxondaryo viloyati umumta’lim maktablaridagi “Vatan tayanchi” otryadining faol a’zolariga...

Imtiyozlar imkoniyat yaratadi

Surxondaryo viloyatida Prezidentning kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi farmoni...

Narkotik savdosining oldi olindi

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida o‘tkazilgan tezkor...
KunTun
KunTun