Dalvarzintepadan topilgan topilma Berlin ko‘rgazmasida

Date:

Surxon vohasida qanchadan-qancha ilmiy izlanishlar, tadqiqot-u ekspeditsiyalar uyushtirildiki, topilgan noyob topilmalar esa o‘z davridan hikoya qiladi. Arxeologik xazinalarimiz vohaning boy o‘tmish va kechmishga ega ekanini ko‘rsatadi. Muzeylardan joy olganlari esa har bir tomoshabinning e’tiborini tortadi, necha-necha asrlar silsilasidan olib o‘tib, tarix bilan yuzlashtiradi.
Dunyoning nufuzli muzeylarida yurtimiz eksponatlarining qo‘yilayotgani, milliy ko‘rgazma haftaliklari o‘tkazilayotgani esa dunyo ahlini O‘zbekistonga qaratayotgani, qiziqish va e’tiborni kuchaytirayotgani rost. Albatta, bu turizm sohasida tub burilish yasash bilan birga olimlarning, arxeologlarning-da nazariga tushmoqda. Milliy madaniyatimiz, urf-odat va an’analarimiz, boy madaniy va ma’naviy merosimizni ko’rish va o’rganish ishtiyoqini oshirayotir.
Ana shunday festival va namoyishlarning davomi sifatida 4-may kuni Berlinda “O‘zbekistonning arxeologik xazinalari. Makedoniyalik Iskandardan to Kushonlar sulolasigacha” ko‘rgazmasi o‘z eshiklarini ochishi ham kutilmagan va yaxshi yangilik deyish mumkin. Ko‘rgazmadan joy oladigan va alohida e’tiborga molik osori atiqa Kushon shahzodasining boshi (milodiy I-II asrlar) hisoblanadi.
1973-yilda Dalvarzintepa manzilgohida olib borilgan arxeologik qazishmalar chog‘ida topilgan ushbu ashyo alohida ahamiyatga ega. Shahzodaga osma seroltin bezakli dubulg‘a shaklidagi bosh kiyimi kiygizilgan. Bu unsurlar uning alohida ijtimoiy mavqeni egallaganiga urg‘u deyish mumkin. Haykal buddaviylar ziyoratgohining kushonlar shajarasiga mansub dalvarzintepalik zodagon asilzodalar o‘rin olgan Podshohlar mehmonxonasida o‘rnatilgan bo‘lgan.
Kushon shahzodasi qiyofasini va Kushon saltanati hukmronligiga doir boshqa noyob eksponatlar va tafsilotlarni Berlinda ko‘rish, tomosha qilish mumkin. Ko‘rgazma esa 2024-yilning 14-yanvariga qadar davom etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun