So‘nggi nafasgacha…

Date:

Vatanga xizmat sharafli burchdir. Har bir bola yoshligidan askar bo‘lishni, Vatanga xizmat qilishni orzu qiladi. Muddati yetgach esa ushbu burchni ado etish uchun otlanadi. Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Mudofaa vazirligining Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi harbiy qismlarda ham muddatli harbiy xizmat burchini o‘tash uchun kelgan alp o‘g‘lonlar jam bo‘lib, sharafli burchlarini ado etish ostonasida turibdilar. Ularning Vatanga qasamyod qilish marosimi esa nafaqat askarlarning, balki barchaning ham ko‘ngliga hayajon soldi.
Erta tongdan tantanali marsh sadolari ostida maydonga O‘zbekiston Respublikasi va Mudofaa vazirligi bayroqlari olib kirildi. Shundan so‘ng yangi chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilar vatanimiz sarhadlarini, xalq tinchligi-yu osoyishtaligini so‘nggi nafasi qolguncha himoya qilishga ont ichib, Vatanga qasamyod qabul qildilar. Mana shunday hayajonli damlarga chaqiriluvchilarning yaqinlari ham sherik bo‘ldi. Tantanali marosimda so‘zga chiqqanlar ham askarlarni ushbu muborak on bilan tabriklab, ularga yuksak ishonch bildirdi. Ayniqsa, harbiylik libosi yarashgan chaqiriluvchilarga qasamyoddan so‘ng, “O‘zbekiston tarixi” va “Temur tuzuklari” kitoblari Prezidentimizning sovg‘asi sifatida topshirilishi, o‘g‘lonlarning ma’naviy dunyosini oshirishga, Vatanning tarixi va bugungi kuni bilan qiziqishga turtki bo‘lsa, ajab emas.
Qasamyoddan so‘ng, harbiy orkestr, baxshilar, folklor jamoalari hamda xonandalar ijro etgan milliy kuy-qo‘shiq va dostonlardan parchalar, termalar barchaga bayram kayfiyatini ulashibgina qolmay, o‘yin-kulguga, raqsga chorladi. Askarlar sharafiga yozilgan bayramona dasturxon esa ularning yaqinlari bilan diydor ko‘rishib, bir piyola choy ustida dildan suhbatlashishga bir imkon bo‘ldi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun