300 dona kitob sovg‘a…

Date:

Yolg‘iz qolganda eng yaxshi sirdosh bu kitobdir. U maishiy tashvishlarimizdan o‘z dunyosiga olib ketadi. Bu dunyoda esa sizga ilm-u ziyo, ma’naviyat oshno bo‘ladi. Mushohadalaringiz, tizginsiz o‘y-xayollaringiz tahlili dunyoqarashingizni o‘tkirlashtiradi. Aslida sizning muammolaringiz qum zarrasidek tuyila boshlaydi va o‘zingizni qiynashni to‘xtatasiz. Dunyoda, hayotda esa bosh qotirish lozim bo‘lgan jihatlar talaygina ekanini tushunib yetasiz.
Kitob ana shunday kuch-qudratga ega. Ha, kitob do‘st, sirdosh. Kitob – e’tiqoddir. Har doim ham saviyamizga mos, izlovimizdagi asarlarni topa olmaymiz. Qidiruvlarimiz natijasiz ketadi. “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!” shiori ostida “Ma’naviyat festivali” bahonasida Termiz shahridagi “Guliston” mahallasida “Ma’naviyat kutubxonasi” tashkil etildi.


“Ma’naviyat festivali”ning targ‘ibot guruhi a’zolari, Jahon tillari universiteti dotsenti, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Javdat Pulatov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi bo‘lim boshlig‘i, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, shoira Farog‘at Xudoyqulovalar tomonidan ushbu kutubxonaga o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalaridan iborat 300 dona kitoblar jamlanmasi topshirildi.
Endi gulistonliklar kitob izlab, kitob do‘koni-yu, shahar yoki viloyat axborot-resurs markaziga borishlariga hojat yo‘q. Eng sara, o‘qishli o‘zbek va jahon adabiyoti namunalari shu yerda jam. Ushbu mo‘jazgina kutubxona aholi xususan yoshlarga ma’naviy ozuqa bo‘lib xizmat qilibgina qolmay, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, faol fuqarolik pozitsiyasini, fidoyilik va vatanparvarlik tuyg‘usini kamol toptirishga-da xizmat qilishiga shubha yo‘q.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kuchga kiradigan yangi tartiblar

Joriy yil 1-apreldan boshlab quyidagi o‘zgarishlar joriy etiladi: Zo‘ravonlikka uchragan...

Daromaddan chegirmagacha…

2026-yil 1-sentyabrdan san’atkorlar va ijodiy jamoalar har bir to‘y...

Shaxsga doir ma’lumotlarni xorijda saqlash mumkinmi?

2026-yil 27-martdan e’tiboran “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan...

O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh interneti sinovdan o‘tkaziladi

2026-yilda O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh interneti, jumladan Starlink texnologiyasi asosida...
KunTun
KunTun