“SOG‘LOM HAYOT SARI 5000 QADAM”

Date:

7-aprel — “Umumjahon sog‘liqni saqlash kuni” sifatida 1950-yildan buyon e’tirof etiladi. Aslida-ku har kuni, har daqiqa va har onda sog‘ligimiz uchun qayg‘urishimiz, ovqatlanish ratsioniga, sog‘lom turmush tarziga amal qilmog‘imiz lozim. Ana shundagina na semizlik va na biror kasallik organizmimizni yenga olmaydi. Ana shunday xatti-harakatlar uzoq umr ko‘rishning chin formulasidir.
Sog‘lom bo‘lishning yana bir siri esa piyoda yurishdir. Piyoda yurishning foydali jihatlari ko‘p — organizmdagi ortiqcha yog‘lar eriydi, qon yurishadi, tetiklik his qilish esa asosiysi. Aynan piyoda yurishni odatlantirmoq maqsadida “Umumjahon sog‘liqni saqlash kuni” bir sabab bo‘lib, Oltinsoy tumanida “Sog‘lom hayot sari 5000 qadam” piyoda yurish marafoniga start berildi.
Tuman markazidan to Boysun-Denov katta yo‘l traktigacha bo‘lgan yo‘lgacha piyoda yurishni maqsad qilgan ko‘ngillilar erta tongdan start chizig‘idan finishga yo‘l oldilar. Oltinsoy tumani hokimi o‘rinbosari Xayrulla Qosimov esa ko‘ngillilarga bosh bo‘ldi.

O‘z muxbirimiz

Oldingi sahifaMuhimi qamrov emas
Keyingi sahifaTabiat qotillari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Eski binodan yangi maqsadda…

Sariosiyo tumanida 180 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi....

Muzrabotda piyoz pishdi

Muzrabot tumanida respublikamizda birinchilardan bo‘lib piyoz mahsuloti pishib yetildi....

QONUNNI BILMASLIK JAVOBGARLIKDAN OZOD QILMAYDI

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan yerdan oqilona va...

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...
KunTun
KunTun