Obod va xavfsiz mahallada…

Date:

Mahallada tayinlangan mas’ul faollar o‘z xizmat vazifasini sidqidildan bajarar, fuqarolar bilan doimiy aloqada bo‘lar ekan, bu mahalladagi har qanday ko‘ngilsizliklarning oldi olinib, xavfsiz hududga aylanishi aniq. Albatta, mahallada ishbilarmonlik va tadbirkorlik muhiti shakllanar ekan, fuqarolarning beboshlik qilishga bo‘sh vaqti bo‘lmaydi.
Ayni jihatlarni inobatga olgan holda Sariosiyo tuman madaniyat markazida tuman hokimi Abduqodir Donayev boshchiligida 61 ta mahallada faoliyat olib boruvchi mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilar, xotin-qizlar faollari hamda profilaktika inspektori ishtirokida “Obod va xavfsiz mahalla” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Samimiy va ishchanlik ruhida o‘tkazilgan uchrashuvda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlikda oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish, mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Bu borada “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida aholi orasida “Mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmasligi kerak” degan tushunchani mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish, jinoyatchilikka qarshi kurash hamda uning barvaqt oldini olish borasidagi eng muhim omil ekanligi tushuntirildi.

Hilol

Oldingi sahifaTajribasi ommalashsa…
Keyingi sahifaMuhimi qamrov emas

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...

Tibbiyotda kontrakt oshirilmaydi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonning tibbiyot va farmatsevtika ta’limi tizimida...

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...
KunTun
KunTun