Uzilishlarning oldi olindi

Date:

Ob-havo issiq bo‘ladimi, sovuq, qanday bo‘lishidan qat’iy nazar uyimizdagi shart-sharoitlarga ko‘nikib qolganmiz. Gaz yoki elektr energiyasida uzilish bo‘ldimi, darrov tegishli tashkilotga sim qoqib, muammo qachon bartaraf etilishini so‘raymiz. Shu sababdan ham yurtimizda aholiga qulaylik yaratish, ana shunday uzilish va nosozliklarning oldini olish maqsadida soha mutasaddilari tomonidan bir qator chora-tadbirlar qo‘llanilayotir. Angor tumanida ham xuddi shunday.
Aytish kerakki, tumanning “Do‘stlik” hamda “Bahor” mahallalari hududidagi simyog‘ochlar anchayin eskirib, elektr energiyasidagi uzilishlarga sabab bo‘layotgan edi. Joylarda tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan nosoz transformatorlar ta’mirlanib, muammolar bartaraf qilinayotgani qo‘l keldi. Ushbu mahallalarda ham eski simyog‘ochlar o‘rniga yangi temir-beton ustunlar o‘rnatildi. Natijada esa aholi xonadonlar sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlandi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiyotda kontrakt oshirilmaydi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonning tibbiyot va farmatsevtika ta’limi tizimida...

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...
KunTun
KunTun