Xorijlik professor TerDUda

Date:

Ma’lum bir soha sirlarini o‘rganishda tajribali mutaxassislarning saboqlariga quloq tutish, xalqaro standartlarga javob beradigan bilim va ko‘nikmalarni egallash bugungi davr talabidir. Shu sababdan ham Termiz davlat universiteti bir qancha xorijiy davlatlarning nufuzli OTMlari bilan manfaatli hamkorliklarni yoʻlga qoʻyganki, buning sharofati bilan malakali va zamonaviy bilimga ega kadrlar tayyorlashda dunyoning nufuzli oliygohlarining tajribali professor-o‘qituvchilari talaba-yoshlarimizga saboq berib kelayotir.


Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti kimyo fakulteti organik kimyo kafedrasi professori, kimyo fanlari doktori Lukashev Nikolay Vadimovich universitetning kimyo fakulteti talabalariga organik kimyo fanidan dars berdi. Mashgʻulotlar eng soʻnggi dars metodlari asosida oʻtkazilib, sohadagi yangiliklar, yutuq va oʻzgarishlar haqida talabalarga maʼlumotlar berildi.
Asosiysi, talabalar nazariy bilim va tajribasini amaliyotda ham qoʻllashayotir. Dars mashgʻulotida oʻz sohasining yetuk professori organik birikmalarni sof holda olish va ularning tuzilishini aniqlash, reaksiyaga kirishishi, reaksiyalar mexanizmi, moddalarning kimyoviy tuzilishi va xossalari orasidagi bogʻlanishni oʻrganish, shuningdek, ulardan amaliyotda foydalanish yoʻllarini tadbiq qilish haqida batafsil tushunchalar berdi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun