Iftorlik dasturxoni yozildi

Date:

Ayni muborak oy boshida turibmiz. Sabrimiz va qanoatimiz, go‘zal xulqimizni namoyon etib, yaxshi niyat ila ro‘za tutmoqdamiz. Xalqimizning har bir vakili savob-u yaxshi amallarni-da bu oyda kanda qilmayotir. Uzun tumanidagi Dehqon mahallasida ham ezgu tashabbusga qo‘l urildi va iftorlik dasturxoni yozildi. Mehmonlar esa mahallaning kam taʼminlangan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj, ehtiyojmand fuqarolari bo‘ldi.
Ramazon oyi nafaqat ibodat, savoblarga erishish, balki xayr-u saxovat, insonlar o‘rtasida mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlovchi muborak oydir. Saxovatpesha tadbirkorlarning ko‘magi ostida yozilgan dasturxon, undagi noz-ne’matlar esa xalqimizga xos, insoniylikning yuksak ko‘rinishini o‘zida aks ettiruvchi qadriyatlarimizning bir ko‘rinishi bo‘ldi. Bu bilan yo‘qsillarning ko‘ngil uylari obod etildi.
Iftorlikda qatnashgan nuroniy otaxonlarimiz borki, qo‘llarini duoga ochib, yurtimiz tinchligini, xalqimiz farovonligini tilashdi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun