Ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi

Date:

Tibbiyot tizimida sug‘urtalash va ro‘yxatga olishni raqamlashtirishni joriy etish aholi uchun katta qulaylik yaratadi. Xolbuki, bunday amaliyot allaqachon sinovdan o‘tkazilib, muvaffaqiyatga yuz tutgan. Xususan, vohamizda ham bu borada ilk qadam tashlangan bo‘lib, bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali ortiqcha xarajatni keltirib chiqaruvchi va xodimlarning ish vaqtini samarasiz sarf bo‘lishiga sabab bo‘layotgan qog‘oz blankalarni rasmiylashtiruvini to‘xtatish uchun aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni ro‘yxatga olish jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Viloyatdagi tibbiyot muassasalari zamonaviy kompyuterlar bilan taʼminlanayotganini ham e’tirof etib o‘tmoq lozim.
Angor tumanidagi “Qo‘zi To‘lakov” nomli oilaviy poliklinikada bo‘lgan viloyat hokimi Termiz va Angor tumanlaridagi tibbiyot muassasalarini raqamlashtirish, “Elektron poliklinika” tizimini keng joriy etish maqsadida 500 dona kompyuter jamlanmasi hamda patronaj hamshiralar ishini samarali tashkil etish uchun planshetlarni topshirdi.
Shuningdek, mazkur oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar, mavjud tibbiyot jihozlari hamda ortiqcha vaznga yo‘l qo‘ymaslik, to‘g‘ri ovqatlanishga amal qilish, jismoniy faollikni oshirish, zararli odatlardan voz kechish va ular natijasida infarkt, insult, qandli diabet, onkologiya kabi kasalliklarning oldini olish bo‘yicha aholi orasida olib borilayotgan targ‘ibot jarayonlari bilan tanishildi.
Keyingi manzilda viloyat rahbari Angor tumani tibbiyot birlashmasining ko‘p tarmoqlari markaziy poliklinikasi va tuman markaziy shifoxonasida bo‘lib, muassasada “Elektron poliklinika” tizimining ishlash holati, bemorlarni qabul qilish, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlari hamda kelgusida boshqa tibbiyot muassasalarida ushbu tizimni joriy etish bo‘yicha belgilab olingan rejalar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotlar va tibbiyot muassasalari bilan tanishgan viloyat hokimi mutasaddilarga aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni barvaqt aniqlab, oldini olish va tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha tegishli vazifalarni belgilab berdi.

Surxontongi.uz

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

VOHA BO‘YLAB

Boysun tumanidagi 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining qo‘shimcha o‘quv...

Sun’iy intellekt ta’lim standartlariga moslashtirilsa…

XXI asrda ta’lim tizimi raqamli texnologiyalar bilan chambarchas bog‘lanib...

CHAG‘ONRUDDAN SURXONDARYOGACHA…

Surxondaryo — O‘zbekiston janubidagi eng muhim daryolardan biri bo‘lib,...

Me’yorni qachon o‘rganamiz? yoxud to‘y va ma’rakalarda ortiqcha dabdabaning oldini olish –islomiy tarbiyaning muhim talabidir

O‘zbek azal-azaldan bolajon xalq. Qarindosh-urug‘i ko‘p. Bu yurtda bo‘ladigan...
KunTun
KunTun