To‘rtlik hisobotlari tinglandi

Date:

O‘z vazifasiga sustkashlik qilgan xodim va rahbarning ishida unum bo‘lmaydi, muhimi natija ko‘rinmaydi. Bu esa bir-biriga bog‘liq tizim zanjirining uzilishiga olib keladi. Oxir-oqibat bu holat jamiyatga zarar keltiradi. Mahallalarda ish olib borayotgan mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi hamda xotin-qizlar faoli faoliyatida mas’uliyatsizlik bo‘lsa bormi, mahallada ishsizlik, illatlar hukm suradi. O‘zgarish, rivojlanishdan to‘xtab qoladi. Afsuski, Qiziriq tumanida 4 ta mahalla mas’ullarining ko‘rsatkichlari past darajada.

Surxondaryo viloyat hokimi Qiziriq tumanida bo‘lib, mahallalarda faoliyat yuritayotgan to‘rtlik bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda masʼullarning eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) natijalari muhokama qilindi.
Mahallalarni rivojlantirish dasturlarining ishlab chiqilganligi, ijrosi, aholi, xususan yoshlar bandligi, ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar tahlil qilindi. Ko‘rsatkichlari past bo‘lgan mahalla masʼullarining olib borayotgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi va ularga kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha muddat va vazifalar belgilab berildi.
Ko‘ramiz va kuzatamiz belgilangan muddat ichida ushbu to‘rtlik jonlanib, qanday natija ko‘rsatarkin?

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiyotda kontrakt oshirilmaydi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonning tibbiyot va farmatsevtika ta’limi tizimida...

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...
KunTun
KunTun