Bolani nazoratsiz qoldirgan javobgarlikka tortiladi

Date:

Farzandimizni ko‘z qorachig‘imizdek asrab, himoya qilish, risoladagidek ta’lim-tarbiya olishiga shart-sharoit yaratish ota-onalik burchimiz. Ammo, farzandi taqdiriga jiddiy qaramaslik holatlarining-da uchrashi ayanchli. Mana shunday holatlarda har bir bola davlat himoyasida bo‘lishini eslatib o‘tmoq lozim. Ularning huquq va manfaatlari qonun yo‘li bilan himoya qilinadi. Bu borada prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–823-son, 15.03.2023 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi.
Jumladan, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra O‘zbekiston fuqaroligiga ega bolani ota, ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish BHMning 10 baravaridan 50 baravarigacha (3 million so‘mdan 15 million so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shunga ko‘ra, maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda ko‘pi bilan 30 kunlik muddat belgilanib, sud ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs zimmasiga bolani chet davlatdan O‘zbekistonga qaytarish yoxud huquqbuzarlikni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish majburiyatini yuklaydi.

Manbalar asosida H.Baxtiyorova tayyorladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun