BAYRAMGA AJOYIB TUHFA

Date:

Hunarli xor bo‘lmas deganlaridek, qo‘lidan ish keladigan kishi uyida o‘tirib ham o‘zini o‘band qilishi, daromad ko‘rishi mumkin. Ammo, buning uchun ham yetarli imkoni va sharoiti bo‘lsa… Qiziriq tumani hokimligida Yoshlar ishlari agentligi Qiziriq tuman bo‘limi tomonidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilish istagida bo‘lgan 27 nafar yoshga subsidiya asosida tikuv mashinalari va payvandlash apparatlari tarqatildiki, ular ana shunday imkoniyatga ega bo‘lishdi. Qolaversa, uskunalarning aynan Navro‘z ayyomi arafasida topshirilgani bayramga ajoyib tuhfa bo‘ldi deyish mumkin
Kechagina ishsizman degan qizlar endi guldek hunaridan foydalanib, tikish-bichishni yo‘lga qo‘yishadi. Bir-biridan bejirim kiyim-kechaklar tikib, mahalladoshlarining ko‘nglini shod etib, o‘zlari esa bir-ikki so‘mlik bo‘lishadi.
Payvandlash ustasining xizmatiga esa har doim talab va ehtiyoj yuqori. Ana shunday uskunali bo‘lgan yoshlar esa talab va ehtiyojdan kelib chiqqan holda o‘z xizmatlarini, ishlarini yo‘lga qo‘yishadi. Muhimi bekorchilikdan, birovning qo‘liga qarab qolishdan qutulishadi.

S.Davlatova

Oldingi sahifaMILLIYLIKNING ZAMONAVIY TALQINI
Keyingi sahifaTAYINLOV

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Jayhun” milliy san’atimizni tarannum etdi

Milliy san’at va madaniyatimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib etish,...

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” maydonga chiqdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va...

Kitob oʻqib, damas yutdi

Kitob mutolaasi insonning dunyoqarashini kengaytirib, tafakkurini boyitadi. Ayniqsa, davlat...

Paxta terimiga tayyorgarlik ko‘rildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi «Zamin Angor...
KunTun
KunTun