… obod etildi

Date:

“Biror yurtni yaxshiroq bilmoqchi bo‘lsang, uning bozorini va mozorini ziyorat qil” deya bejiz aytishmagan. Haqiqatda bozorlar yurtning farovon hayotidan so‘zlasa, qabristonlar xalqining maʼnaviy dunyosini, ajdodlariga bo‘lgan munosabatini belgilab beradi. Xalqimiz ahli esa milliy qadriyatlarni, ajdodlariga hurmat bajo keltirmoqlikni o‘zlarining muqaddas burchi deb biladi. Shu ma’noda Bandixon tuman hokimligi tashabbusi bilan tumandagi qabristonlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Xususan, “Bektepa” mahallasida joylashgan “Saidmuhammadxon” qabristoni ham hashar yo‘li bilan obodonlashtirildi. Qorovulxona qurish uchun ishlar boshlab yuborildi. Ha, xalqimiz o‘tib ketgan yaqinlarining qabrlarini ozoda va pokiza saqlash, yon-atrofini obod qilishga alohida eʼtibor qaratishini amalga oshirilgan ishlari misolida ko‘rish mumkin. Ushbu qabristonlarga kirgan kishi yashnab turgan maysalarning salovat aytayotganini o‘z quloqlari bilan eshitgandek, jilg‘alarda sharqirab oqayotgan suvning zarrin tovlanishidan, uzoq-yaqindan elas-elas kelayotgan tilovatdan ko‘nglida allanechuk his-tuyg‘ular jo‘sh urib, beixtiyor qo‘llarini duoga ochadi va o‘tganlar yodiga hurmat bajo keltiradi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yurtni ardoqlab…

Vatan mustaqilligi — xalqimizning eng ulug‘ va bebaho qadriyati....

AJDODLAR RUHIGA EHTIROM KO‘RSATAYLIK

Alloh taolo insonni bu dunyoning eng aziz va mukarram...

Kutubxona: kitoblar maskanidan imkoniyatlar makonigacha

Bugungi texnik taraqqiyot hayotimizning deyarli barcha jabhalarini o‘zgartirmoqda. Ta’lim...

XALQ BILAN HAMNAFAS MAHALLA

Mahalla — xalq hayoti bilan eng yaqin bog‘langan, odamlarning...
KunTun
KunTun