Migrant yoshlar ham e’tiborda

Date:

Yoshlar yetakchisi mahallalarda o‘z faoliyatini boshlaganidan buyon uyushmagan yosh deymizmi, bekorchi deymizmi, ularning hayotidan illatlar chekinganday bo‘ldi. Mahallada qancha yosh bo‘lsa, barining ro‘yxati shakllantirilib, o‘g‘il-qizlarning orzu va maqsadlari, qiziqishlari inobatga olindi. Adabiyotga, san’atga, sportga qiziqtirish, turli tadbirlar, kechalar, musobaqa va tanlovlar uyushtirish orqali jamiyatga, atrofdagilarga qo‘shila boshlagan, hayiqmay, qo‘rqmay gapirishga, fikrini bildirishga chog‘langan yoshlarning jur’ati, shashti qaytganday bo‘ldi.
Bugun faqat hislatlar, tashabbuslar haqida to‘xtalmoqdamiz. Jarqoʼrgʼon tumanidagi “Matonat” mahallasi yoshlar yetakchisi Jalil Keldiyev mahalla yoshlarining har birini e’tibordan, diqqatidan chetda qoldirmaydi. Hatto chet el davlatlariga ishlash uchun ketganlarning ham hisobini olib, ular bilan-da qiziqadi. Tez-tez suhbatlashib, ish joyi, yashash sharoiti bilan qiziqadi. O‘z navbatida muxojir yoshlar ham mahallasidagi yoshlar yetakchisini yaqin do‘sti, o‘z og‘asidek ko‘rib, doimiy aloqada bo‘lib turishibdi.
Albatta, yoshlar hayotiga, taqdiriga mana shunday e’tibor qaratilar ekan, buni ular ham anglab, o‘zlarini kerakli insondek his etishadi. Mehnat qilib, birini ikki qilish haqida, oilasiga, mahalla va jamiyatga naf keltirish haqida o‘ylashadi.

Sohibjamol

Oldingi sahifaUmrboqiy alanga
Keyingi sahifaBoysunda Navro‘z…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sanjar shohsupada

Termiz shahrida o‘tkazilgan “Muay Thai” bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi –...

Ro‘yxatdan o‘tish majburiy

1-oktyabrdan boshlab O‘zbekistonda moped va skuterlarni boshqarish faqat A...

Tartibi aniq

Hukumatning 2025-yil 10-oktyabrdagi 637-son qarori bilan imtiyozli shartlarda pensiyaga...

 “Shymkent Cup 2025”da yorqin natija

Qozog‘istonning Shimkent shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “Shymkent Cup Taekwondo...
KunTun
KunTun