“SEHRLI BARMOQLAR” MUSOBAQASI

Date:

Ishxonada ish qizg‘in kechadi. Kompyuter qarshisida o‘tirib olamiz-da, yozishga, ijod qilishga sho‘ng‘iymiz. Har birimizning kompyuterimiz klaviaturasidan chiqayotgan ovozlar chiq-chiqi jarayon qizg‘inligini anglatib turgandek bo‘ladi. Boshqacha ishlab bo‘lmaydi. Boshqacha ishlasak, ko‘ngil to‘lmaydi. Ijodiy raqobat har birimizning jon-jonimizga, qonimizga singib ketgandek. Kompyuter klaviaturalarining jarangdor ovozidan haqiqiy jurnalistik materiallar dunyoga kela boshlaydi. Bu ovozlar hech birimizga halaqit qilmaydi, qaytamga yanada jo‘shib yozishga undayveradi…
Kompyuterda yozganda ham tez va xatosiz, mazmunli yozmoq lozim. Yozganlarimizni o‘qiydigan o‘quvchi esa bu borada bizga baho beradi. Avvaliga xatosiz yozmoq, so‘ng kompyuterda yozishni mashq qilmoq lozim. Bu yoshlikdan shakllansagina, kelajakda hech bir kadr kompyuter texnologiyalari bilan ishlashda qiynalmaydi. Maktab ta’limida esa bu jihatlarga e’tibor qaratish, o‘quvchilarning savodxonligini oshirish lozim. Ayni shu maqsadda Muzrabot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Beshta muhim tashabbus” doirasida 7-8-sinf o‘quvchilari ishtirokida kompyuterda tez va xatosiz matn yozish bo‘yicha “Sehrli barmoqlar” musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada kompyuter klaviaturasini ishlatish mahorati borasida 25 nafar o‘quvchi o‘zaro bellashdi. Ular bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar. Musobaqadan ko‘zlangan maqsad esa o‘quvchilarning kompyuter va axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlarini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Yakunda g‘olib o‘quvchilar faxriy yorliq hamda badiiy adabiyotlar bilan taqdirlandi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termizda yangi hayot nafasi

Termiz shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari nafaqat shahar qiyofasini...

103 xizmati faoliyati raqamlarda

Termiz davlat universiteti qoshida 103 xizmati yo’lgan qo’yilgan. Ushbu...

Yong‘in-qutqaruv salohiyati yangi bosqichda

Aholi xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularga...

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...
KunTun
KunTun