“REKTOR KUBOGI” UCHUN…

Date:

Talabalik — oltin davr. Haqiqatan ham bu davrni boshidan o‘tkazgan inson talabalik xotiralarini ajib entikish bilan eslaydi. Quloqlari ostida esa o‘sha mashhur xonish “Talabalik davrim mening, davronlarning zo‘risan…” satrlari eshitilib ketgandek bo‘ladi. O‘qish-o‘rganish, izlanish, yoshlik zavqini surish davridir — talabalik. Kuch-quvvatga to‘lgan, sho‘xliklari-da yarashadigan lahzalarga boydir bu davr. Termiz davlat universiteti talabalari ham talabalikning har onidan, har lahzasidan unumli foydalanib, maroq bilan tahsil olayotir, o‘yin-kulgu va xursandchilikni ham joyiga qo‘yishayotir. Ayniqsa, universitetda “Talabalar oyligi” doirasida tashkil etilgan “REKTOR KUBOGI” doirasidagi tanlov va musobaqalar ana shunday xursandchilik va ko‘ngil yozishga eng yaxshi sabab va bahona bo‘ldi.

Universitet stadionida start olgan etnosport musobaqalarida ishtirok etish niyatidagi ko‘ngillilar ishtirok etish uchun jam bo‘ldilar. Musobaqalar qiziqarli va ko‘tarinki ruhda boshlandi. Bir tomonda bilagida kuchi borlar o‘zaro kuch sinashishgan bo‘lsa, boshqa tomonda arqon tortish musobaqalari qizg‘in tush oldi. Undan keyin yugurishda olg‘irlar 100 metr masofada kim o‘zarga yugurib, start chizig‘i tomon oshishdi. Albatta, musobaqa jarayonlarini kuzatish ham tomoshabinlar ko‘ngliga bir olam quvonch bag‘ishladi. Barcha o‘z kursdosh do‘stlarini qo‘llab-quvvatlab hayqirib, qarsaklar chalib, musobaqaga yanada fayz kiritdi.

Shubhasizki, musobaqa murosasiz bahslarga, qizg‘in kurashlarga boy bo‘ldi. Kuchlilar, g‘oliblar esa yakunda rektor kubogiga munosib ko‘rilib taqdirlandi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun