Hashar uchun 100 million so‘m

Date:

O‘tkaziladigan hashar fuqarolarning yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlariga daxldorlik tuyg‘usini yanada oshiradi. Odamlar o‘rtasida milliy qadriyatlarimizga xos o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni kuchaytiradi. Shu ma’noda Navro‘z oldi joylarda obodonlashtirish – ko‘kalamzorlashtirish yumushlarining amalga oshirilishida ham bir hislat bor.
Aytish kerakki, joriy yilning 18-mart sanasida tashkil etilajak hasharda 806 mingdan ziyod aholi, jumladan, 460 mingdan ortiq yoshning ishtirok etishi kutilayotir. Viloyatda 1 ming 50 gektardan ziyod maydon obodonlashtiriladi va 1 ming 300 tonnaga yaqin maishiy chiqindi chiqarib tashlanadi. Shu jumladan, 650 ta qabriston va 40 ga yaqin ziyoratgohda ham obodonlashtirish ishlari olib boriladi.
Hashar bahonasida “Yashil makon” loyihasi doirasida ham e’tiborga molik ishlar amalga oshirilishi reja qilingan. Ya’ni 125 mingdan ortiq manzarali, 70 mingga yakin mevali daraxt, 176 ming tup gul ko‘chatlari o‘tqazilishi vohani gul-u bo‘stonga, haqiqiy ma’nodagi yashil makonga aylantiradi. Ushbu ishlarga esa 600 dan ortiq turli texnika vositalari jalb etiladi.
Hashar bu bilan kifoyalanmaydi. Shu kuni vohadagi kam taʼminlangan, yordamga muhtoj oilalarning 144 ta uy-joyi taʼmirlab beriladi. 350 ta ehtiyojmand oilaga moddiy yordam ko‘rsatiladi. Bu ishlar uchun esa 100 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarf etiladi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun