Issiqxonadagi mahorat darsi

Date:

Termiz shahridagi “Namuna” mahallasida har bir oila va tadbirkor borki, issiqxona drayveri asosida faoliyat yuritadi. Ular orasida Obod Kamolova ham bor. Onaxon issiqxonasida tinim bilmaydi, shundanmi mo‘l hosil olib, ro‘zg‘oridan qut-baraka arimaydi.
Tadbirli ayol ayni paytda besh xil mahsulot yetishtirayotir. Issiqxonasidagi papaya dorivor o‘simligi, qulupnay, bodring, pomidor va ko‘kat mahsulotlari barq urib o‘smoqda. Birgina qulupnayning o‘zidan yaxshigina daromad olayotganini Obod ayaning o‘zi ham taʼkidlaydi.
Ayaning boy tajribasi, issiqxonadan yaxshigina daromad olib kelayotgani ko‘pchilikka ibrat qilib ko‘rsatgulik. O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi “Ayollar qanoti” vakillari ushbu xonadonda bo‘lishganida fikrlarimiz nechog‘lik to‘g‘ri ekaniga amin bo‘lishdi. Ular onaxon yetishtirayotgan mahsulotlarni, ish jarayonini ko‘zdan kechirib, qo‘shni mahalladagi ayollar uchun mahorat darsi ham tashkil qilishdi. Mezbon onaxon shirinsuhanlik ila o‘z tajrbasini o‘rtoqlashar ekan, pomidor va bodring yetishtirishdagi ba’zi sirlarni ham ochiqladi.
Aytish kerakki, issiqxonadagi mahsulotlar o‘z-o‘zidan unib chiqmaydi. Buning uchun mehnatni, qarovni ayamaslik lozim. Buning ham o‘z qiyinchiligi, mashaqqatlari bo‘ladi. Ba’zan sovuqda, ba’zida kun kechida ham issiqxonaga shoshish, issiqlik barqarorligini ta’minlash uchun tinim bilmaslik kerak. Ana shunday mashaqqatli sinovlardan o‘tgan mehnatgina o‘zining mevasini beradi. Obod aya ham ana shunday qiyinchiliklar bilan issiqxonasini obod qilib, ekkan ekinlaridan mo‘l hosil olib kelayotgan tadbirli ayollardan. Hali ham bir o‘zi emas, xonadon egasiga mahalladoshlari bo‘lmish xotin-qizlar ham ko‘maklashib kelishmoqda. Obod aya shu tarzda mahalladagi 10 nafar ishsiz xotin-qizning bandligini taʼminlab, ularni-da ro‘zg‘origa qut olib kirishda o‘z hissasini qo‘shayotir.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lsa…

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlar uchun ta’lim olish...

Mahallalar “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”ga aylantiriladi

"Taraqqiyot va yetakchilik maskani" dasturi doirasida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash,...

Denovdagi harbiy qismda…

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda...

Migratsiya: huquq va manfaatlar ta’minlanadi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida Tashqi mehnat...
KunTun
KunTun