IMKONIYATLARDAN FOYDALANGAN YUTADI

Date:

Muhriddin Humoydinov Uzun tumanidagi 6-sonli IDUMning 11-sinf o‘quvchisi. U barcha fanlarni puxta o‘zlashtirib, a’lo baholarda o‘qiydi. Biror fanda yoki masalada yordam so‘ragan sinfdoshlari va do‘stlaridan yordamini ayamaydi. Muhriddin faqatgina maktabdagi fanlarni yaxshi o‘zlashtirbgina qolmay, ingliz tilini ham o‘rganishga kirishdi.
Til o‘rganish oson emas. Buning ham o‘z qiyinchiligi va mashaqqatlari bor. Ana shunday paytlarda Muhriddinning ota-onasi o‘g‘illariga kerakli yo‘l-yo‘riqni ko‘rsatdi, qo‘llab-quvvatladi. Bu yosh til o‘rganuvchiga kuch berdi, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirdi. Qarabsizki, qisqa muddatda til o‘rganib, IELTS imtihonlarini muvafaqiyatli topshirdi.
Muhriddin tinib-tinchimas, izlanuvchan yoshlardan. U bu bilan kifoyalanmadi. Balki, xorijiy davlatlarning nufuzli oliygohlariga onlayn hujjat topshirib, imtihonlarida o‘zini sinab ko‘rdi. Natija esa yomon bo‘lmadi. U America Wingate University scolarship grant sohibi bo‘ldi. Ushbu grantning miqdori esa 122 ming AQSh dollarini tashkil etadi.
Muhriddin kabi yoshlarning yutuqlari, muvaffaqiyatlari vaqtini bekor o‘tkazuvchi, o‘z yo‘lini topa olmay yurganlar uchun o‘rnak bo‘lsa, ajab emas.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Amaliy choralar ko‘rildi

Sariosiyo tumanida ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash...

“Ishonch” loyihalari ta’lim sifatini oshirmoqda

Surxondaryo viloyatida “Ishonch” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ta’lim sohasida amalga...

41 nafar bitiruvchi oltin medalga sazovor

Termiz shahridagi Yoshlar markazida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov...

Ustozlarga ehtirom

Sariosiyo tumanida o‘tkazilgan “Hokim va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi” yakunida...
KunTun
KunTun