Quyosh panellari o‘rnatilmoqda

Date:

Energiya resurslariga bo‘lgan talab yuqori ekanini hisobga ladigan bo‘lsak, bunday vaziyatda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, undan foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish davr talabidir. Shu maqsadda Prezidentimizning Farmon va qarori qabul qilingan bo‘lib, har bir hududda ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohalarida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish bo‘yicha dasturlar hamda kerakli chora-tadbirlar loyihasi ishlab chiqilayotir.
Surxondaryo viloyatida ham ayni shu chora-tadbirlarning ro‘yobini ko‘rish, kuzatish mumkin. Ijtimoiy soha obyektlari, tadbirkorlik subyektlari, aholi xonadonlari va yangidan barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar-joylarda quyosh panellari va quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatish ishlari allaqachon boshlab yuborilgan va jarayon davom etmoqda.
Shunga qaramay amalga oshirilgan ishlarni kuzatish, jarayonni nazoratga olish ish unumi va sifat garovi bo‘lib xizmat qiladi. Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov bu borada olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida quyosh panellari o‘rnatilayotgan obyektlarni ko‘zdan kechirdi. O‘rnatilgan quyosh panellari bilan tanishdi. Tanishuv davomida mutaxassislar va mutasaddilar tomonidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berildi.
Xitoylik investorlar bilan hamkorlikda 200 gektar maydonda quyosh fotoelektr stansiyalari o‘rnatish loyihasining ishlab chiqilgani, loyiha bo‘yicha amaliy sa’y-harakatlarning boshlanib ketishi esa sohada tashlanadigan katta qadam deyish mumkin.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun