… qonun oldida javob beradi

Date:

O‘qituvchi yaqingacha o‘z xizmat vazifasidan tashqari yumushlar bilan mashg‘ul bo‘lgani uchun ham ta’lim sifatida sustkashlikka yo‘l qo‘yilgandir. Bu esa nafaqat ta’limga, balki yoshlar, yurt taqdiriga e’tiborsizlikdir. O‘qituvchi-pedagoglarning mas’uliyatini oshirish, ortiqcha yuklamalardan ozod etish vaqti kelganini davrning o‘zi ko‘rsatib qo‘ydi. Tozalik, hashar ishlariga, paxta yig‘im-terimi-yu shu kabi boshqa ishlarga jalb etilmasligi qonun bilan kafolatlab qo‘yildi.
Senat o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb etganlik uchun jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan jazoni nazarda tutuvchi qonunni maʼqullagani esa yuqoridagi sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘ldi deyish mumkin. O‘z navbatida esa bu — o‘qituvchilar himoyasi yo‘lida tashlangan katta qadam deyish mumkin. Ishonchimiz komilki, endi ularni vazifasiga kirmaydigan ishlarga majburlamoqchi bo‘lganlar qonun oldida javob berishiga to‘g‘ri keladi.
Albatta, qonunni Prezident imzolagach, o‘qituvchilar, umuman, taʼlim sohasi uchun katta voqelik bo‘ladi. Ko‘ramiz va kutamiz…

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun