Bayramga qo‘shaloq tuhfa bo‘ldi

Date:

Bugun, ya’ni 4-mart sanasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topganiga 27 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan esa Surxondaryo viloyatida ham qator bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Aytish kerakki, barcha sohalarga e’tibor qaratilayotgan bir paytda favqulodda vaziyatlar tizimi ham e’tibordan chetda qolgani yo‘q. Ushbu tizimni ham xalqaro talablar asosida tashkil etish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi, oshirilmoqda. Jumladan, xodimlarning jismoniy va taktik tayyorgarligi doimiy ravishda oshirib borilayotgani, zamonaviy bino va inshootlar qurilib, maxsus texnikalar bilan taʼminlanayotgani ham ana shunday e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaldagi namunasidir.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topgan sana soha vakillari uchun katta bayram bo‘lgan bo‘lsa, Termiz tumanida Favqulodda vaziyatlar bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirilganligi hamda bo‘lim uchun “Isuzu” rusumli, zamonaviy jihozlangan o‘t o‘chirish maxsus transporti berilganligi qo‘shaloq quvonchli hodisa bo‘ldi deyish mumkin.

Umumiy qiymati 4,8 milliard so‘m bo‘lgan ushbu maʼmuriy binoda bo‘lim xodimlari uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan. Sport zal, yotoqxona-yu oshxona deysizmi, o‘quv xonasi, yuvinish xonasi, maʼnaviyat va maʼrifat xonasi deysizmi, bari xizmat ko‘rsatishga shay holatda. Ha aytgancha, sport maydonchalari esa mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish uchun xizmatchilarni kutayotgandek.
Sana munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda so‘z olganlar barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangilangan bino qutqaruvchilarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik holatini oshirish va aholiga tezkor xizmat ko‘rsatishlariga zamin yaratishini taʼkidladilar. Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimining o‘rinbosari, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbarlari, soha xodimlari, harbiylar va nuroniylar ishtirok etib, ajoyib bayram dasturidan bahramand bo‘lishdi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hudud yanada ko‘rkam

Jarqo‘rg‘on tumanida temir yo‘l atrofidagi hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish...

Yangi energetika loyihalari muhokama qilindi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning “Daqing Deep Aureus...

Ayrim avtomobillarga gaz quyish taqiqlanadi

2026-yil 1-sentyabrdan boshlab gaz ballonlari bo‘yicha hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilmagan,...

Yoshlar va rahbarlar ochiq muloqotda uchrashdi

Yoshlarning muammo va takliflarini eshitish, ularning kasbiy hamda ijtimoiy...
KunTun
KunTun