Quyosh paneli o‘rnatib, imtiyoz olish mumkin…

Date:

Quyosh panellarining afzalliklari haqida yetarlicha ma’lumotga ega emasligimiz, bu bo‘yicha beriladigan imtiyozlardan foydalana olmasligimizga sabab bo‘ladi. Prezidentimiz tomonidan imzolangan “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror (16.02.2023 yildagi PQ-57 (https://lex.uz/uz/docs/6385716)) tarixiy qarorlardan biridir. Bunday tartib hamma davlatlarda ham mavjud emas.
Ushbu qaror bilan yaratilgan imkoniyatlar hamda berilayotgan imtiyozlar to‘g‘risida aholiga yetarlicha axborot hamda maʼlumotlar yetkazib berilsagina fuqarolar orasida quyosh paneli o‘rnatishga ishtiyoq tug‘iladi. Aslida esa yaratilgan imkoniyatlarni to‘liq tushungan fuqarolar o‘zi istab quyosh panel o‘rnatishga harakat qilayotir.
Qarordagi imtiyozlarga yaqinroq to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, 2023-yil 1-apreldan boshlab, quyosh panellari o‘rnatgan fuqarolarga soliq imtiyozlari qo‘llanadi. Bundan tashqari qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini 100 kVtgacha o‘rnatgan yuridik va jismoniy shaxslar ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk solig‘i va qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘idan ozod etiladi. Yaʼni, 10 sotix yeri bor fuqaro yerining 2 sotixiga quyosh panellari o‘rnatsa, 2 sotix yer uchun yer solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi. Qolgan 8 sotixiga belgilangan tariflarga asosan yer solig‘i to‘laydi.
Mol-mulk solig‘i ham xuddi shunday. Quyosh paneliga aloqador yangi olib kelib o‘rnatgan mulklar (panel, akkumulyator, simlar, shitlar va boshqalar) mol-mulk solig‘idan ozod etiladi. Qolgan mavjud mulklar bo‘yicha soliq o‘rnatilgan tariflarga ko‘ra undiriladi. Qolaversa, qarorda foyda solig‘idan ozod etish bo‘yicha ham to‘xtalib o‘tilgan. Faqatgina mazkur qurilmadan olingan daromad soliqdan ozod etiladi. Qolgan daromadlarga taʼsir qilmaydi.
2023-yil 1-apreldan boshlab, aholi xonadonlariga kichik quvvatli (50 kVt gacha) o‘rnatgan jismoniy shaxslarga (yuridik shaxslarga emas) tegishli obyektlarga o‘rnatilsa, har bir kilovatt-soatiga Davlat byudjetidan 1000 so‘mdan subsidiya ajratiladi. Ushbu subsidiyalar “Quyoshli xonadon” dasturiga kiritilgan fuqarolarga ajratilishi belgilangan. Surxondaryo viloyatida 3 ming 791 ta xonadonga quyosh panellari o‘rnatilishi belgilangan.

Manbalar asosida H.Baxtiyorova tayyorladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talab va ehtiyoj qondiriladi

Dunyoda tabiiy oziq-ovqat mahsulotlariga talab va ehtiyoj ortib borayotganidan...

Endi «Halol» belgisi bilan…

O‘zbekistonda 2025-yilning 1-mayidan Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti...

“Parranda boqish – daromad topish”dir

Yurtimizda “Parranda boqish – daromad topish” loyihasi amalga oshiriladi....

Rasmiy saytlar gov.uz domeniga o‘tkaziladi

2025-yil 1-martdan barcha davlat organlari va tashkilotlari UzINFOCOM bilan...
KunTun
KunTun