Yangi gaz to‘ldirish stansiyasi o‘z ish faoliyatini boshladi

Date:

Qaysi sohaga boqmaylik, o‘zgarishlar, yangilanishlarga guvoh bo‘lamiz. Energetika tizimi bo‘ladimi, gaz sohasi, bularning barida tejamkorlikka erishish, mavjud resurslardan oqilona foydalanish eng ustuvor masalalardan sanaladi. Quyoshdan elektr energiyasi olish bo‘yicha quyosh panellaridan foydalanish allaqachon yo‘lga qo‘yilgan va jarayon davom etayotgan bo‘lsa, gaz ta’minotidagi islohotlar ham tizimni transformatsiya qilishga qaratilgan.
Shu paytga qadar Surxondaryo viloyatida 7 ta gaz to‘ldirish inshooti mavjud bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ularning soni yana bittaga ko‘paydi. Bu bilan oylik gaz to‘ldirish quvvati 7 ming 800 tonnani, gaz saqlash quvvati esa 1 ming 200 tonnani tashkil etayotir. O‘z faolyatini boshlagan stansiya Termiz tumanidan tashqari Termiz shahri va Angor tumanining suyultirilgan gaz isteʼmolchilari uchun ham xizmat ko‘rsatadi. 12 nafar mutaxassis o‘z ish faoliyatini boshlagan stansiyasi bir kunda 30-35 tonna, bir oyda esa 500-600 tonna suyultirilgan gaz to‘ldirish quvvatiga ega. Bu gaz ballon hisobida 15 mingtani tashkil etadi.
Mazkur gaz to‘ldirish inshootiga Sho‘rtan va Muborak gaz korxonasidan temir yo‘l orqali gaz yetkazib beriladi. Stansiyaning o‘zida uni qabul qilib olish, joylashtirish, saqlash uchun barcha sharoit va qulayliklar yaratilgan.
Ish jarayonini esa doimiy tarzda 9 ta video kamera kuzatib, nazorat qilib boradi. Ish vaqtida xodimlarning salomatligini muhofaza qilish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratilgan bo‘lib, ular maxsus kiyim-bosh, himoya vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlangan.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Dilga xushnudlik ulashib…

Bu yilgi Navro‘z azalgidek har tomonlama xosiyatli, qutlug‘ qadamlar...

Yozgi taʼtil qisqaradimi?

Yurtimizda maktablarida yozgi taʼtil 1,5 oy (6 hafta) boʻlishi...

Hakamlar akademiyasi tashkil etiladi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi qaroriga binoan futbol hakamligini yanada rivojlantirish...

“Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!”

Navro‘z – tabiat va inson uyg‘unligi, yangilanish va ezgulik...
KunTun
KunTun