Eng tashabbuskor sektor rahbari kim?

Date:

Kimgadir baho berish uchun avvalo uning amaliga, qilgan ishlariga nazar solamiz. Atrofdagilar fikrini, munosabatini o‘rganamiz. Ayni shunday eng tashabbuskor sektor rahbarlarini aniqlashda ham yuqoridagi mezonlarga tayanamiz. Ha, munosib bahoni xalq, ko‘pning rozi-rizoligi aniqlab beradi.

Shu maqsadda viloyat hokimligi katta majlislar zalida mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbar kadrlari uchun maxsus seminar-trening o‘tkazildi.

Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda boshqa mas’ullar ishtirok etdi va sektor rahbarlarining 2022-yildagi faoliyati samaradorligini baholash natijalari tahlil qilindi. Unga ko‘ra o‘tgan yil davomida viloyat miqyosida “Eng tashabbuskor sektor” nominatsiyasi bo‘yicha Sho‘rchi tumani 2-sektor, Sherobod tumani 3-sektor, Boysun tumani 4-sektor g‘olib deb topildi va sektor rahbarlariga pul mukofotlari hamda maxsus sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, faoliyat natijalariga ko‘ra yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan hokim o‘rinbosarlari ham munosib rag‘batlantirildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun