Haydovchi rasmiy ish stajiga ega boʻlishni istasa…

Date:

Bugungi kunda ishlayman, o‘z-o‘zimni band qilaman, jamiyatga naf keltiraman degan borki, ularga barcha qulayliklar yaratilgan. Yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatish orqali ham o‘z-o‘zini band qilish mumkin. Buning uchun avvalgidek, qandaydir shirkatga kunlik to‘lov qilish yoki daromaddan ulush ajratish, qolaversa, shaxsiy avtomashinani belgilangan tartibdagi rangga bo‘yash shartmas. Shunchaki haydovchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali masofadan yoki Davlat soliq inspeksiyasi hududiy boʻlimiga borgan holda oʻzini-oʻzi band boʻlgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtadi. Roʻyxatdan oʻtish va guvohnoma olish bepul.
Soʻngra haydovchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoki Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda, yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish litsenziya varaqasini olish uchun 1 yilga 300 ming soʻm davlat boji toʻlab, litsenziya varaqasi oladi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma qoʻllaniladi, yaʼni 270 000 soʻm toʻlashning oʻzi yetarli. Oʻzini-oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan haydovchi rasmiy ish stajiga ega boʻlishni istasa, ixtiyoriy ravishda 1 yil uchun 300 ming soʻm ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin. Xolbuki, ijtimoiy soliq toʻlash oʻzini-oʻzi band qilganlar uchun ixtiyoriy sanaladi.


Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...

Har bir xonadon — alohida yondashuv

Kambag‘allikni qisqartirishda umumiy choralar emas, har bir oilaning imkoniyati...
KunTun
KunTun