G‘oliblarga 5 million so‘m…

Date:

Termiz shahridagi Yoshlar markaziga kirishingiz bilan o‘zgacha manzaraga guvoh bo‘lasiz. Markaz foyesi shaxmatchilar uchun xos va mos holatga keltirilgan. Demak, bu yerda shaxmat o‘yini bo‘lib o‘tadi. Tasavvur qilganimizdek, birin-ketin ishtirokchi-yu tomoshabinlar jam bo‘lgan markazda shaxmat o‘yinlari boshlanib ketdi. Shaxmat klubida shaxmatga qiziquvchi aholi vakillari o‘yinga maxsus bot orqali ro‘yxatdan o‘tgan. 100 ga yaqin shaxmat ixlosmandlari 5 million so‘mlik pul mokofoti uchun o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.


Ushbu “Rokirovka” turniri qiziqarli jarayonlarga boy bo‘ldi. Shaxmat o‘yinidan xabardor kishilar uchun albatta, raqiblarning shaxmat donalarini surishlari, qisqa fursat ichida imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanib, raqiblarini mot qilishlari qiziqarli va maroqlidir. Shaxmatda aqllar charxlanadi, aqllar kurashadi. Turnirni kuzatib turib, yoshlarning zukkoligiga, salohiyatiga qoyil qolish mumkin.
O‘yinchilar ichida esa 77 yoshli Shoberdi bobo Abdusalomovning borligi barchaning e’tiborini tortdi. Otaxon ham maxsus bot orqali ro‘yxatdan o‘tib, yoshlar bilan birga yoshlikka qaytgandek, dona surdi. Keksa raqibning bu ishtiroki yoshlar uchun ajoyib master-klass bo‘ldi deyish mumkin. O‘yin so‘nggida esa otaxon rag‘batlantiruvchi nominatsiyasiga munosib topilib, 200 000 so‘m pul yutug‘ini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, yosh toifalari bo‘yicha g‘oliblar ham pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.


H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun