Ish tartibi o‘rganildi

Date:

Mehnat qonunchiligida ish vaqtimiz, majburiyatlarimiz batafsil ko‘rsatib o‘tilgan. Ammo, shunga qaramay, ba’zan ish vaqtidagi chegaralarni unutib qo‘yamiz. Sherobod tumani hokimi Zaynobiddin Xalilov tumanda faoliyat yuritayotgan davlat tashkilotlarining ish jarayoni hamda fuqarolar bilan ishlash holatini ko‘zdan kechirdi. Xususan, tuman rahbari moliya, g‘aznachilik, soliq, statistika bo‘limlari, xalq qabulxonasi, fermerlar kengashini piyoda yurgan holda o‘rgandi.
O‘rganish davomida byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining Sherobod tumani bo‘limida ish faoliyati izdan chiqqanligi, tartib-intizomga amal qilinmasligi, fuqarolar uzoq vaqt navbat kutib qolishi, shuningdek, tushlik vaqti tugagandan keyin ham xodimlarning ish joyiga kechikib kelishi aholining noroziligiga sabab bo‘layotganligi maʼlum bo‘ldi. Ayni jihatlarni hisobga olgan holda ushbu xodimlarga tegishli chora ko‘riladigan bo‘ldi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun