“Navro‘z”ga tayyorgarlik qanday kechmoqda?

Date:

Qish kunlarida ham janubiy viloyatimizda bahor nafasini sezish mumkin. Boychechak allaqachon bahordan darak berib, toshloq yer yuzasini yorib chiqqan edi. Bodom esa gullay-gulay degan taraddudda. Ob-havo, atrof-muhit esa bahor kayfiyatini beradi. Demak, bahor yaqin. Bahor deyishimiz bilan esa Navro‘z ayyomi, ajib bayram sayllari yodga tushadi. Momolarimiz esa allaqachon bug‘doy o‘stirib, doshqozonlarda sumalak osishgan. Ko‘k somsalar ifori esa dimoqqa hush yoqib, ishtahani ochadi.
Ha, bahor, Navro‘z ayyomi ana shunday xursandchilik, bayramona kayfiyat ulashadi. Bu galgi Navro‘z shodiyonalarini Termiz shahridagi San’at saroyi maydonida o‘tkazilishi esa shahrimiz ahlini quvontirgani rost. Hozirdan tasavvurimizda ajib shodiyonalar gavdalanadi. Farzandlarimiz, yaqinlarimiz ila saylga borishni dilga tukkanimiz ham rost.
Ayni paytda esa San’at saroyida allaqachon “Navro‘z” umumxalq bayramiga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. Jarayon esa qizg‘in pallada. Haykaltarosh-u dizaynerlar, vohaning ijod ahli bayram sayllari va tantanalari bo‘ladigan maydonni tayyorlash ishlari xususida bosh qotirishmoqda. Bayramona bezatish, dekoratsiyalarni joylashtirish, badiiy bezak ishlarini tashkil etish ila band.
Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev esa ayni qizg‘in pallada “Navro‘z” umumxalq bayramiga tayyorgarlik qanday ketayotgani bilan qiziqdi. Tayyorgarlik ishlariga mas’ul etilgan jamoa — badiiy ijodkorlar, haykaltarosh, rassom va dizaynerlar bilan uchrashdi. Bayramga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oliblar taqdirlandi

Termiz shahrida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Asosiy...

Musobaqa qizg‘in pallada

O‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Maktabgacha va maktab...

Mehnat samaradorligi oshiriladi

“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston...

Ishchi guruh manzili — Surxondaryo!

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar uchun ilgari surilgan tashabbuslarning joylardagi...
KunTun
KunTun