Jismoniy kuch va imkoniyatlar sinaldi

Date:

Ogʻir atletika sport turlari ichida o‘ziga xos bo‘lib, u sportchidan maxsus tayyorgarlik talab etadi. Hamma ham og‘ir atletika bilan shug‘ullanavermaydi. Bu sport turida har xil vazn toifalarida ogʻir narsalar (shtanga, tosh) koʻtarishda musobaqalashishadi. Ogʻirliklarni koʻtarish mashqlari esa qadim zamonlardan buyon maʼlum. Ammo, og‘ir atletika rasmiy musobaqalari 1860-yilda (birinchi marta AQShda) oʻtkazilgan.
Og‘ir atletikaning ham o‘z texnikasi va qoidalari mavjud. Shtangani ikki qoʻllab dast va siltab koʻtarish muhim hisoblanadi. Dast koʻtarishda sportchi shtangani toʻxtatmay bir harakat bilan, siltab koʻtarishda — ketma-ket ikkita harakatda — avval koʻkrakka olish, keyin esa yuqoriga choʻzilgan qoʻllarga koʻtarishni amalga oshiradi. Viloyatimizda ham sportning og‘ir atletika turini ommaviylashtirish va yanada rivojlantirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Surxon sport majmuasida Termiz shahar hokimligi, viloyat yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi hamda viloyat og‘ir atletika federatsiyasi hamkorligida sportning og‘ir atletika turi bo‘yicha viloyat chempionatining tashkil etilgani ham ana shunday ishlarning izchil davomi deyish mumkin. Chempionatga 2006-yilda tug‘ilgan va undan kichik o‘smirlar va qizlar ishtirok etdi.
Aytish kerakki, musobaqa qizg‘in kurashlarga boy bo‘ldi. Og‘ir atletika sport turiga qiziqqan tomoshabinlar sportchilarni kuzatib, qo‘llab turdilar. Bellashuvda yoshlarning mahoratlari, jismoniy kuch va imkoniyatlari sinovdan o‘tkazildi. Yakunda chempionat g‘oliblari medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Sohibjamol

Oldingi sahifaTeatr jamoasi Angorda
Keyingi sahifaLoyiha bilan tanishuv

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tashabbus

Qumqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda “Turonbak”...

“IN VITRO” o‘z faoliyatini boshladi

Termiz davlat universiteti huzuridagi “IN VITRO” laboratoriyasi o‘z faoliyatini...

G‘oliblar taqdirlandi

Termiz shahrida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Asosiy...

Musobaqa qizg‘in pallada

O‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Maktabgacha va maktab...
KunTun
KunTun